Jump to content

«Malikai Turondod»

From Wikisource
«Malikai Turondod» (1927)
by Abdulhamid Choʻlpon
334276«Malikai Turondod»1927Abdulhamid Choʻlpon

(Maskavdagi dram maktabimizning ishlaridan)

Karlo‘ Xo‘tsi…

Vaxtang‘o‘f…

Avvalgisi milodning 1806 nchi yilida o‘lib ketgan — italiyali bir fojianavis.

Keyiigisi 1921 nchi yillarda yosh turib o‘lib ketkan maskavli bir rejissurdir.

Xo‘tsi Italiyada «xalq kulgilari» degan yo‘lni avj oldirmoqchi bo‘lg‘on mashhur Sakkining jahongashta, sayoq teatr to‘dasi bilan birga o‘sha yo‘lda cholishqon kishilardan edi.

«Xalq kulgilari» degan yo‘l o‘zimizning qiziqlarimiz tutqon yo‘lg‘a birmuncha yaqindir. Uida ham mashhur, tanilgan qiziqlar bo‘lar edi, ularning ismlari (Pantaluni, Birigalla, Tiruffaldii va boshqalar) butun Italiyaga ma’lum edi. O‘ynaladirg‘on har bir asarda o‘sha qiziqlarg‘a loyiq ro‘llar bo‘lardi; asarda uning bir qahramoni sifati bilan o‘ynay beralar lekin asl o‘z ismlarini hamma piyesalarda saqlab qolarlar edi. Shu uchundirkim, Xo‘tsining «Turondod»ida uchrag‘on ismlar uning «Ilon xotin» degan asarida va umuman, boshqa asarlarida ham uchraydi. Hatto undan burunroq (1793 da) o‘lgan Karlu Galdo‘nining asarlarida ham (chunonchi: «Ikki boyg‘a bir qarol» da) haligi mashhur qiziqlardan Pantalo‘ni, Truffaldin va Birigallalarga uchraymiz. Ular sahnaning hammavaqt ko‘rina turg‘on tanish yuzlari, chehralari bo‘lg‘onlari uchun «maska» (niqob) nomini oldilar. «Komedi darlort» deganlari «Niqobdorlar qiziqchilig‘i» degan mafhumni onglatadi. U qiziqlarning yana bir xususiyatlari ijodchi bo‘lishlarida edi. Ya’ni asl piyesada ularning so‘zlari kam bo‘lib, kerak joyda ular o‘sha zamonning qiziq gaplaridan qo‘shib so‘zlar edilar. Ular kuchli ijodchi bo‘lg‘onliqlaridandirkim, tomoshachilarni hamma vaqt piyesada yozilmag‘on so‘zlar bilan kuldirib kelganlar.

Butun dunyo miqyosida shuhratga ega bo‘lib qolg‘on Yevgeniy Vatang‘o‘fning 3 mashhur «tuzma»sidan biri o‘sha Karlo‘ Xo‘tsining «Malikai Turondod» degan asari edi. Bu asar Vaxtang‘uf nomidagi teatrda shu yil qishda 500 nchi marta qo‘yilishining to‘yini qilib o‘tkazdi. Har yakshanba kuni kunduzi, umuman ko‘b bayramlarda bu asar to‘qtovsiz qo‘yilib turadi. Hamma vaqt tomoshachilar bilan teatr sahni liq to‘la bo‘ladi…

«Agar yosh turib o‘lib ketmasaydi, chinakam inqilob teatrini yaratqon bo‘lar edi», deydilar uning to‘g‘risida. Chinakam quvvat va qudrati endi ochilib kelayotqonda juda yosh o‘lib ketdi. «Ming gulidan bir guli ochilmasdan» so‘ldi bechora.

Inqilobni ko‘plardan burun qabul qilib, unga unab, u bilan ishlamakka bel bog‘lag‘on Vatango‘f inqilobdan burun yozilg‘on asarlarga — o‘yin yo‘li bilan — inqilob unsurlarini payvand qilardi. Bolchiqli Meterlinkning «Anton avliyoning karomati» degan asarida. Vaxtang‘o‘f yuqori tabaqa odamlarini juda qattig‘ masxara qiladi. Unda «burjuazi»ning turli rangdagi kishilari eng olchoq qiliqlar bilan ko‘rsatiladilar.

«Gabelma» degan yahud teatri uchun qo‘yib bergan asarida, «Hadebuk»da yahud xalqining necha yuz ming yilliq alamlarini juda o‘tkur qilib ko‘rsatadi.

Xo‘tsining «Turondod» degan asari erga tegishni istamagan va erkakdan jirkangan «nozli» bir xitoy malikasini tasvir qiladi. Qizning otasi Xitoy xoqoni Altaum qizining «nozi» uchun hadeb bosh kesdiradi. Qizining erga tegmak uchun qo‘yg‘on sharti —uchta jumboq (tobishmoq) ni hal etib berishdir; hal etkanlar — qizni olalar, eta olmag‘onlar — boshlarini kesdirtalar… Astarxondan bir no‘g‘oy xonining o‘g‘li borib, jumboqlarni topquncha qancha yigitlarning boshi ketadi. Bu o‘zimizning eski Sharq hikoyasi majmualarida («Haft paykar»larda) uchrab yurg‘on xayoliy hikoyalardan bittasidir. Mavzu e’tibori bilan bu asar foje’dir, qo‘rqinchdir. Lekin boyag‘i Italiya qiziqlaridan bir nechtasi aralashib qolg‘oni uchun bir necha joyda yaxshi kulgilar beradir. Asarning tubandagi qiziqlik xususiyatiga «niqoblar qiziqchilig‘i» yo‘lining ijodiy imkonlariga juda chuqur tushungan Vaxtang‘uf qo‘rqinchli, foje’li asarni juda qiziq bir kulgiga aylantirdi.

Asarning mavzuini, rejasini, mafhumini o‘zgartmasdan yangi shakl berdi; o‘yun, tuzma va mafhumni chuqur onglash yo‘llari bilan asarni boshqa qolibqa soldi. Asardagi qiziqlar, bukun ham o‘sha qadimgi ismlarini taniganlari holda, bu kunning tomoshachisini bu kunning mavzulari bilan kuldiralar. Shuning uchun Xitoyning necha ming yil burung‘i turmushidan oling‘on, balki yolg‘iz xayol mevasi bo‘lg‘on bu qadim asarda… bu kunning radiosi, futo‘g‘irof mashinasi, anket to‘ldirishlari to‘g‘risida so‘zlanadi; o‘sha muyumlarning o‘zlari sahnada ko‘rinadilar…

Vaxtang‘o‘f tuzmasining yana bir to‘b tilagi: xurofotdan tomoshachini sovutmoqdir. Ya’ni asar bo‘lg‘on bir voqeaday emas yaxshi, yengil, silliq va tekis o‘ynalg‘on bir uyunday ko‘rinadi.

Vaxtang‘o‘f bizga — tomoshachilarg‘a butun asar bo‘yicha «Ishanmang! Ishanmang! Bu—bo‘lg‘on gap emas! Yolg‘on bir hikoya! Bu «o‘yun» deb turadi. Shu uchun o‘ynag‘uchilar (qiziqlardan boshqalari) tugal sahna kiyimi kiyib lozlarini bo‘yab chiqmaylar. To‘g‘ri, o‘z kiyimlari bilan chiqalar-da, tomoshachilar oldida mayda-chuyda lattalarni u yer-bu yerlariga ilib, tashlab, bog‘lab… xitoy ertagisining qahramonlarig‘a jindak o‘xshab olalar… Jindak! Biz, tomoshachilar Altaum podshoh ro‘lini o‘ynag‘on Uyg‘urni, shahzoda o‘ynag‘on Abror bilan Hojiqulni, qiz ro‘lidagi Tursunni, Sora, Zamira, Bahrinisa va boshqalarni bahuzur tanib o‘ltiramiz… Bizni shu hikoyatga ishantirmaslik uchun o‘yun yo‘li bilan ham birmuncha choralar ko‘rilgan.

Maskavdagi dram maktabimiz bu yil shu asar ustida ishlamakchi bo‘ldi. Vaxtang‘o‘fning shogirdlaridan Simo‘nif rejisso‘rliqqa chaqirildi. U Vaxtang‘o‘f teatri o‘ynovchilaridan ikki kishi Talchanif va Basif o‘rtoqlarning ko‘magi bilan ishga boshladi. Asarning tarjumasi kaminaga topshirilg‘on edi. Qofiyasiz lekin 11 hijoli vazn bilan tarjuma qilib chiqishqa muvaffaq bo‘lindi. Albatta istudiya «ish» deb turg‘on vaqtda o‘ylayib-netib, ishlab-tuzatib o‘ltirishqa to‘g‘ri kelmadi. Bu uning boshqa o‘yunlari qatorida bir o‘yuni bo‘ladir. Lekin asar tayyorlanmoqda; kelasi yil teatr faslida yosh jumhuriyatimizning yosh poytaxti u asarni ko‘ra oladi. Munga ishonamiz.

Asar navbatdagi bir piyesa qo‘yilishi kabi qo‘yilmasdan, fan-tahlil yo‘li bilan qo‘yildi desak bo‘ladi. Rejisso‘r va uning emakdoshlari u asarni sahnaga qo‘yib berish uchun emas, o‘sha asar ustida istudiya talabalariga sahna darsi berish uchun ishladilar. Shu uchun bu asar bizning sahnamizda ortiqcha hurmat qozonolmog‘onda hamki, sahna kuchlarimizning yuksalishi va o‘sishi uchun katta xizmat qilg‘on bo‘ladi. «Sahnamizda hurmat qozonolmog‘onda» dedim, bundan maqsadim shu: Maskavda jahonlar qadar dong topqon bir asar bizda balki juda xor bo‘lar: Maskav tomoshachisig‘a sira yoqmag‘on bir narsa bizda katta hurmat topar, sevilar. Bu farq har kim uchun ochiq va ravshan bo‘lg‘on farqdir. Munda asarning yolg‘iz bir dars quroli bo‘lg‘onini ko‘z oldida tutish kerak. Io‘qsa, o‘tkan yildagi kabi yanglish tushunchalar bo‘lmog‘i mumkin. Ya’ni, o‘tgan yil dram istudiyamiz ruschadan tarjuma asarlarni ko‘nrak olib borg‘oni uchun hajviy «Mushtum» da jiddiy koyishlar bo‘ldi. «O‘z turmushimizni keltirmagan!» dedilar. U asarlariing rus rejissurlari tomonidan maktabda tayyorlang‘on darsliklar ekani tushunilmadi. Munosabat kelgan vaqtda shu yerni picha oydinlashtirib o‘tishni lozim ko‘rdim.


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"