Jump to content

«Yana uylanaman»

From Wikisource
«Yana uylanaman» (1927)
by Abdulhamid Choʻlpon
334281«Yana uylanaman»1927Abdulhamid Choʻlpon

(Maskavdagi dram istudiyamizning bu yilgi ishlaridan)

— Yusufjon akam sahnada!

— Mashhur qizig‘imiz Yusufjon aka Moskvaga kelibdirda biror sahnada qiziqliq qilibdir. 1923 yilda bo‘lib o‘tkan butun ittifoq dehqonchiliq ko‘rgazmasiga araloshqon Yusufjon akam o‘shanda Maskav sahnasiga (to‘g‘risi: maydoniga) bir qur chiqqon edi. Demak, bu yangilik bo‘lmaydi. Yangilik shundadirkim, bu choqqacha qiziq sifatida sahna va maydonlarga chiqib kelgan Yusufjon aka, bu yil Maskav sahnasiga (sahnasiga!) muharrir, yozg‘uvchi, foje’anavis sifatida chiqdi. Bu kungi suhbatimiz ana o‘sha to‘g‘risida.

Yusufjon akamning har qayerda necha yillardan beri aytib kelgan bir kulgi hikoyasi bor. Unda, bir imom domlaning — nomoz vaqtida g‘alati hiyla qilib mahalladan ikki yillik haqqini undirib olg‘onlig‘i aytiladi. Yusufjon akaning so‘zlashida bir necha og‘izdan oshmag‘on bu hikoya, mazmun va mavzui jihatidan qiziq va boydir. Bu hikoyaning «avji joyi» g‘alati bir «qo‘rqinch» (tryuk)ni ko‘rsatadi. Rejani yaxshi chizib, uni bir adabiy hikoyaga aylantirganda go‘zal narsa chiqar edi. Men shunday qilarman deb o‘ylab yurar edim.

Shu yilgi o‘qish mavsumida Maskav dram istudiyasi, mashhur Meyerxuld teatri akturlaridan o‘rtoq Sverdlinga, bir mustaqil asarning «tuzma» (postanovka (Ch.) sini topshirmoqchi bo‘ldi. Tarjima asarlar yetarli bo‘lmog‘onlig‘idan asl (original) asar qo‘ymoqchi edilar. O‘rtoq Sverdlin, istudiyaning ko‘rsatishi bo‘yincha, menga yo‘liqdi. Men unga Yusufjon akam hikoyasining qisqag‘ina mazmunini aytib berib edim, ma’qul bo‘ldi va boshi-ketiga ko‘rinishlar qo‘shib tezlik bilan yozib berishga buyurdi. Ana shu bilan «Yana uylanaman!» degan — 3 parda 7 ko‘rinishli asar maydonga chiqdi.

Shu yil aprsl oyida o‘sha asar Maskavda ko‘pchilikka ko‘rsatildi. Butun nttifoq sho‘rolar qurultoyig‘a kelgan qiymatli vakillarimiz ham kerakli bo‘laklarini ko‘rdilar. Kelgusi qish mansumida asar O‘zbekiston poytaxtida ko‘rsatilsa kerak.

Asarning «katta mashqi» (general repetitsiyasi)ni ko‘rgan o‘rtoq Fevralskiy (markaziy «Pravda» gazetasining teatrshunos muharriri) «Pravda»ning 92 nchi sonida uning tuzmasi to‘g‘risida mana bunday deydi: tuzmachi L. Sverdlin, ispektaklda Ovrupo va o‘zbek teatrchiligidagi unsurlarni birga to‘plag‘on. Ya’ni: bir tomondan Sharqqa xos qiziq harakatlar bergan, ispektaklni raqs, ashula va cholg‘ilar (tanbur, dutor, childirma, nog‘ora, karnay va boshqalar) bilan to‘lg‘izg‘on: ikkinchi tomondan Sharq xalqining o‘ltirib gaplasha berishdagi «zerikdirish» ta’sirlaridan ispektaklni qutqarg‘on. Lekin, gaplasha berish va sekin qimirlashdan qochilg‘on vaqtda albatta, juda ihtiyot bilan qochilg‘on: Sharqqa xos u ahvolning tasvirlari xali ham ispektaklda bor. O‘rtoq Sverdlin, o‘zbek turmushi bilan oshnalig‘i orqasida, turmushning eng qiziq onlaridan bir necha parchalar ko‘rsatkan (machit oldidag‘i ko‘cha, boyni hadim qilish, to‘y kabi), so‘ngra yoshlarni eski urflardan yiroqlasha borg‘onini kesatib o‘tkan.

Ispektakl, rejissurliq jihatidan qarag‘onda, eslilik bilan, qiziq qilinib va shu bilan birga ko‘pchilikka onglashilarliq ravishda qo‘yilg‘on. Sahnaning yasalishi shartli (uslovno) va sodda (hammasi bo‘lib 130 so‘m ketgan)».

O‘rtoq Fevralskiy, ispektaklga aralashqon akturlarga ayrim-ayrim to‘qtamasdan, umumiy suratda mana bu bir necha og‘iz gapni aytib o‘tadi:

«Yosh akturlar juda qiziqib o‘ynaydirlar; zo‘r qobiliyatlari bo‘lg‘on bir necha akturlarni ko‘rgandan keyin, Sharqning xalq ommalari orasida qanday boy artistlik kuchlari bo‘lg‘onlig‘ini ko‘rasan».

O‘zbekistonda sahna ko‘rmasdan turib, asar va uning tizmasi to‘g‘risida bundan ortiq gapirib bo‘lmaydi. Bu yerda shunigina aytib o‘tish lozimdirkim, o‘zbek teatri — hali yosh va bola bo‘lishig‘a qaramasdan — turli teatr maslaklari bilan amaliy tanishishda keng yo‘l bilan bormoqdadir. Maskav, dram istudiyasi, bu yerning teatr olamiga g‘alvalar solg‘on bir g‘alati oqim — Meyerxuld oqimini — o‘z turmushig‘a olib ko‘rsatmak bilan, qiziq bir tajriba yasaydi. U oqimning bizdagi yo‘qsullar ommasiga qanday ta’sir qilish, yoqib-yoqmaslig‘i, shu yil qishda anglashiladirg‘on «sirlar»dan. Qo‘klam keldi, yoz navbatda. Istudiya o‘ktabrning o‘n yilliq to‘yida chinakam sahna ko‘radurg‘on bu asarining «mirzosi» (muharriri demayman!) Yusufjon akaga, tuzmachi Sverdlinga, rejissur-ko‘makchi Lutfulla, cholg‘i rahbari Miro‘nuf, suratchi Yefiminko o‘rtoqlarg‘a o‘zining minnatdorchilig‘ini bildiradi.


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"