Jump to content

Abyoti mullo Avazmuhammad qori mutaxallis ba Pisand

From Wikisource
Abyoti mullo Avazmuhammad qori mutaxallis ba Pisand
by Pisandiy
333487Abyoti mullo Avazmuhammad qori mutaxallis ba PisandPisandiy

Dar mazammati mullo Muhammadrasul mutavalli mulaqqab ba Duma ba iqtizoi mullo Fayzi qoriyi voiz.

Duma laqab shahr aro bir ko‘fak,
Xoli emas kallasidin hech tuvak.
Maskani yo‘q ta’yin ango bir maqar,
Qozi bidan muftigadur dardisar.
Qavli-qasam, oqcha uchun jon sabil,
Barcha xusumatga bo‘lur ul vakil…
Rasta, saroylarda kezar kunduzi,
Rangi sovuq, echkiemar yulduzi.
Kimda ko‘rar eski tali, nosqovoq,
Cheksa tilab oni bo‘lur vaqti chog‘.
Otga yaqin, itni bo‘yidin baland,
Chavkari fes, shakli juhud Mirzoqand.
Mundin izo topdi hama ko‘ru kar,
Munguzi yo‘q, dabba gadik bachchag‘ar.
To‘y qisalar xalq muni et qilib,
Sardak ilan jizzasini det qilib,
Osh boshida Mamasharifboy kuchuk,
Farti fig‘on kalta ko‘sovdek kuyuk.
O‘lsa birov, murdasho‘vu go‘rkov,
Xurram o‘lur ul nafasi bu uchov.
Aylanibon margi mufojotdek,
Topsa o‘lumtikni bu kalxotdek.
Kalla sogan yerda yotar bu hurub,
Shomu sahar iskovuch itdek yurub.
Ko‘p qidirib bo‘ldi ayog‘i chaqa,
Doru debon qo‘ydi Hakimcha baqa…
Uydin agar chiqsa quyuqroq tutun,
Hozir o‘lur anda bu it kechqurun,
«Qirqi» chiqib ketsa, qutulmas o‘luk,
Tirmashibon anga bu maxov zuluk…
Etti belanchakda bu ko‘rmay beshik,
Munga makon asli edi Toshkichik.
Etti yasharlikda bu it darbadar,
Sotar edi mum bilan qontefar.
Necha zamon madrasada yotti ul,
Fisqu fujur loyqasiga botti ul.
Ilmi adab daftaridin bir kalom,
Bilmadiyu bo‘ldi oxir kal’avom.
Qotiliga lozim emasdur diyat,
Chunki amal anga edi tavsiyat.
Dahyakiy deb yer edi avqofni,
Daryo o‘tub Chustu Funuk Fofni.
Xoni zamon bildy xiyonat ishin,
Yotquzubon oldi og‘izdin tishin.
Qichqurutub ko‘yu guzar shahr aro,
Qoldi aning bo‘yiida bu mojaro.
Yoshu qari o‘rtasida masqara,
Tavqi la’in gardanida g‘arg‘ara,
Sakson aro umrini pinhon qilib,
Izzat uchun ko‘hnai davron qilib.
Soli bo‘lub Ho‘qan aro e’tibor,
Xuku saku aspu baqar, mushu mor…
Moli sag‘ir go‘shti balig‘din halol,
Emakiyu ichmakidur mohu sol.
Do‘zax aro munga maqardur saqar,
Qonu yiring oldidadur mohazar…
Yoshligida nomi edi Bulfuzul,
Hayf munga ismi Muhammadrasul.
Yozmaganim olti varaq band-band,
Hajvi ani tab’ima ermas Pisand.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.