Jump to content

Aylasa

From Wikisource
Aylasa
by Avaz Oʻtar
308513AylasaAvaz Oʻtar

Ko’nglum agar g’ayri sori mayl-u taqozo aylasa,
Kuysun g’am o’tig a, o’zin g’ayrig’a shaydo aylasa.

Lol o’lsun-o’q nutqim agar ikki jahon ichra o’zin,
Ey sho’x, sandin o’zganing vasfida go’yo aylasa.

G’ayri parivash sorig’a rag’bat qilib, ey mahliqo,
Ko’z xira bo’lsun gar yuzing ko’rmay tabarro aylasa.

Bir umr ko’nglim o’rtonib, armonda bo’lsun, ey pari,
Moyil bo’lib kavnayn aro g’ayrig’a parvo aylasa.

Benur o’lub chiqsun ko’zum hijroning ichra, ey go’zal,
Gar o’zga bir oromijon husnin tamosho aylasa.

Kom-u murodin topmasun ikki jahonda har kishi,
Gar g’ayrining ishqi bila o’zini rasvo aylasa.

Topg’ay edim hazzu farah behadd-u son, man sorig’a
Ul dilbari barno, Avaz, bir noma insho aylasa.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.