Bir oz kul
Appearance
Koʻz yoshlarim bukun tagʻin oqadimi?
Qizil gulim boshqalargʻa kular-da.
Qizil gulim, borligʻimning sultoni!
Jonim, sening xayolingda kuchaydi.
Yuragimning eng qimmatli armoni,
Nechuk menga marhamating ozaydi?
Ikki koʻzim, malak yuzim, sevdigim,
Jonlar sening yuzginangdan aylansun.
Qizil gulim, qora koʻzim, tilagim,
Dunyo sening boqishingdan oʻrgulsun.
Yovuz yorim, yuzingga hech boqolmam,
Koʻngil dardin oyogʻinggʻa toʻkolmam.
Tuproq kabi yiqilmisham yoʻlingda deya olmam.
Istar esang menga kelib gapurma, yonimda hech oʻturma.
Yolgʻuz yigʻlab uzoqdan turgʻanimni
Koʻrganingda, marhamat et, bir oz kul!
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|