Jump to content

Bir oz tushing edi!

From Wikisource
Bir oz tushing edi! (1927)
by Abdulhamid Choʻlpon
335390Bir oz tushing edi!1927Abdulhamid Choʻlpon

«Qizil O‘zbekiston»ning 9 nchi sonidag‘i «Yangi kashf» degan maqoladan xursand bo‘lg‘animni aytib so‘z boshlayman. Shodiqul o‘rtoq kabi sahna do‘stlari va balki mansublarining bu xilda chiqishlari sahnamizning katta hayoti demakdir. Faqat, mening «Zarafshon»dag‘i maqolachamga e’tiroz qilish uchun qo‘lig‘a qalam olg‘anda o‘rtoq Shodiqulning hovuri osmonda bo‘lg‘anmi- bilmadim, achchig‘lanib «musht» do‘layib «majag‘lab yuboraman!» deb turub sarlavha qo‘yibdir. Sarlavhada shunday qattig‘ bir po‘pusa yumshog‘roq qilib aytgangizda o‘tkur bir ermak (ironiya) bor. Maqolaning ichida esa sezilarlik g‘azab yo‘q. Shu uchun sarlavhaning bir oz qaltisroq ketganini aytib o‘tmak bilangina kifoyalanaylik.

Endi tub masalaga e’tirozg‘a kelaylik. E’tirozning tub tilagi har bir teatru sevguchini munaqqid (tanqidchi) deb qabul etdirmakdir. Mana bu yanglish fikr. Ingichka san’atlarning tanqidida ham umuman adabiyotdagi tanqid usuli qo‘llaniladur. Shu uchun qaytarib aytaman tanqidchilik-yozg‘uchiliq va o‘ynag‘uchiliqdan qiyindir.

Shu uchun chin tanqidchilar ham chin yozg‘uchi va chin o‘ynag‘uchilar kabi juda qiyinliq bilan yetishadirlar. Shu uchun rus adabiyoti o‘zining butun umrida Belinskiy kabi chinakam tanqidchiliklardan bir necha kishinigina yetishdira olibdir. Rus adabiyotini sevgan va uni sevub o‘qug‘an har bir kishi naqadar xolis bo‘lsa bo‘lsun ommacha tanlagan bir munaqqid bo‘la olmaydir. Teatru umuman ingichka san’atlarning tanqidi ham shundaydir. Bu kun teatruning butun dunyodag‘i eng sog‘lom markazi deb tanilgan Maskavda birgina teatru majmuasi chiqadir va unda bir nechtagina tanilgan kishilar teatru tanqidlari yozalar. Butun ittifoqning markaz gazetalarida ham teatru tanqidlari bilingan va tanilgan bir necha kishi tomonidan yoziladir va juda ehtiyot bilan yoziladir.

Siz bu o‘rtog‘ingiz bilan birga «Layli Majnun»ga boribsiz. Abror bilan Ma’suma xonimning kelishmagan harakatlarini daftarchangizga yozib olibsiz. So‘ngra «xolisona» bir narsa debsiz. U – jiddiy tanqid chin ma’nosi bilan tanqid emasdir.

Men aytamaymankim, sahna muhiblari va umuman tomoshachilarning tilaklari e’tiborsiz qoldirilsin deb. Yo‘q tomoshachining ruhini o‘rganish va tilagini bilish juda kerak. Bizdan oldinda bo‘lg‘anlarning teatrularida shu maqsadda ishlangizchi maxsus tevaraklar, uyushmalar bor. Bu yo‘lda alohida qoidalar, usullar ishlangan. Bizda ham asta-sekin shunday narsalar boshlanishi kerak. Bizning tilagimiz ham shu. Shu yo‘lda ishlamakchimiz ham.

Men u maqolachamni chin tanqidchiliq kerakligini aytdim. Sizning kabi sahna ahillaridan albatta o‘shanday chin tanqidchilar yetishadi. Lekin bu uchun sahnaning nazariyoti bilan amaliyotig‘a oshino bo‘lmoq kerak. Muni endi ko‘plar tushungan bo‘lsa kerak.

O‘zbekiston hukumati bilimli akto‘rlar yetishtirish uchun Maskavga alohida maktab ochdi. Bakuga talabalar yubordi. U bilimli akto‘rlarimizni tanqid qilaturg‘an tanqidchilar ham sahna ilmida o‘shalardan ko‘brak bilimli bo‘lsun deymiz. «Zarafshon»da «Surgan»ni tanqid qilg‘an o‘rtog‘imiz kabi xom xatolar maydonga chiqmasin deysiz. U xil «tanqidlar» albatta yaqin kelgusidagi va hatto bugungi sahnamizga ham tenglasha olmaydir. Buni e’tirozingizning boshida o‘zingiz ham e’tirof qilibsiz.

Siz «Zarafshon»da bosilg‘an «tanqid»ni yana bir o‘qub chiqing. Undan keyin mening o‘sha maqolachamni yana bir marta yaxshilab o‘qing. U vaqtda balki «muhrli» harakat to‘g‘risidag‘i da’voimga tushunar va qanoat hosil qilarsiz. Unda «falsafa sotish» degan so‘zingizning bir oz jahlingiz (achchig‘ingiz!) chiqqan onda yozilib qolg‘anig‘a o‘zingiz ham balki unarsiz.

Mening ko‘nglim qolmaydi. Mundayin munozaralardan myen xursand bo‘laman. Faqat, sarlavha qo‘yishda Omeriqo e’lonchilari yo‘lini tutib «zig‘rni tuya qilish»kabi sisasiyalardan ehtiyot bo‘lishingizni tilab qolaman.

Cho‘lpon

«Zarafshon» gazetasi, 1927-yil 25-yanvar.


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"