Farg‘onada
CHIT ZAVODI
Turkiston jumhuriyatining kamissarlar sho‘rosi tomonidan Farg‘onaga bir kamissiya yuborilib, muhandis va olimlardan birikgan ul kamissiyaga; markazdan burung‘i “Shefskiy” chet fabrikasini ko‘churub o‘runlashtirmoq uchun muvofiq bir joy topish vazifasi topshirilgan edi. Ul kamissiya Farg‘onaning birmuncha yerlarini karag‘andan keyin, nihoyat, Marg‘ilon uyezi Uchqo‘rg‘on tepasi Ispayram soyining bo‘yini ma’qul ko‘rgan.
Fabrika suv bilan yurgizilib, 2200 tanob yerni egallasa kerakdir. Ishlayturg‘an ishchilarning soni 5-6 ming bo‘lg‘usidir. Fabrikani Sim shahariga (Iskobilifga) qilmoq ehtimoli ham bor. U vaqtda burun to‘ralar shahari bo‘lg‘an Sim bir tubjoy xalq ishchilari shahari bo‘lub qoladir. Imorat bino suv va havo vajhidan bu yer muvofiqroq deb topilgan. Ul vaqtda elektrik kuchi (o‘ti) 35 chaqirim yiroqlikda bo‘lgan haligi Ispayram soydan keltirilsa kerakdir.
MARKAZ OCHLIK KAMISSIYASINING YORDAMLARI
Markaz ochliq kamissiyasi nomidan markaz kamissiyaning raisi o‘rtoq Mirza Homid Xo‘jayev quyidagi muassasalarga shu yordamlarni bergan: Farg‘ona muzofot ochliq kamissiyasiga 95 ming so‘m pul, 1000 olchin gazmol, 300 ta bolalar boshi, Xo‘qanddagi “Mirza Homid Xo‘jayev” nomiga ochilgan 3 inchi internatga 20 ming so‘m, Uchqo‘rg‘on internatiga 10 ming so‘m, Haqqulobod internatiga 10 ming so‘m.
Q.
“Darxon” gazetasi
1923-yil, 17-iyul, № 8.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|