Hurriyat
Hurriyat: bu kalimayi muqaddasa Janobi Rabbil-olamin hazratlarining insonlara baxsh ayladigi ne’mati uzmodurki, olami mavjudotda har maxluqning istadigi narsa bu hurriyatdur. Har maxluq uchun ob, havo, oftob va soya kabi lozim va malzum o‘lan shaylardan-da muqaddam «Hurriyat» kerak! Zeroki, bir inson har narsadan mamnun o‘lub-da, turar yeri zindon bo‘lsa va bir zolim qo‘linda asir o‘lub, oning adolatsiz hukmindan chiqolmasdan umr kechursa, u hayotinagi narsalardan mamnuniyatining ne ma’nosi va qiymati o‘lur? Inson har narsaga sa’y qilsa, bo‘ldurmoqg‘a solih o‘la to‘rub, bu salohiyatga o‘z-o‘zundan yetisha olmasa va huquqi mashru’ina na zaru na zo‘r ila molik bo‘la olmasa, haqqi sarihi har kimning qo‘linda g‘asb va talaf o‘linsa va bu yuzdan arzi hol etilsa. insof ila quloq solub, faryodini eshitadurgan ibr ma’mur bo‘linmasa, har millatning irz va nomusi oyoq ostinda bosilub, izzat va sharaf degan insoniyatga xos bo‘lgan unvonlar qavldan fe’lga chiqmasa, bu ashna’i asoratdur… Lil-hamd va-l-minnaki, xosti ilohiy birla u najib va sharif inqilobchi fidokor askarlarning xun bahosina bundoq «Hurriyat» olindiki, hurriyat fidoyilarini dunyo turguncha olqishlab, ta’zim va taqdis etmak bizlarga ulug‘ iftixorlik qarzdur. Bu fidoyilar haqqinda jon va mol qurbon etmak va yaxshiliklarini ilal-abad jon bahosnda qiymatini bilmak alzamdur. Yuqorida har maxluqning istadigi narsa bu hurriyatdur, dedik. Bali. yana hurriyatdur! Chunki insoniyatdan bis-butun boshqa olamda vuhush va tuyurlar daxi hurriyat istarlar, ya’ni bir vahshiy hayvonni to‘qoydin tutub kelturub, yuz yil bir maskanda e’zozlab asralsa, yana u hayvon o‘zini asoratda bog‘li o‘ldig‘ini bilur. To‘qoyda bo‘lgan zamonidagi o‘yun va sho‘xliklarini qilmas, to‘qoydagi kayfu safosini topmas, to‘qoydagi osoyishu rohatni va erkinchilikni asoratda o‘xshata olmas, balki kundan-kun ozar, oxirda halok o‘lur-ketar. Ozodlikda uchub yurgan bulbul doimo palid qurt va qumursqa yeyur, lekin tutub kelturub, qumursqa o‘rnig‘a pista, qand va asal bersangiz, yemas; bir sukutda qolub, hurriyat va ozodlig‘ni tushunur, uchub-qo‘nub yurgan yerlarini sog‘inur… Ishta hurriyat har narsadan qimmatli bir javhardur. Bizlar bu hurriyatni mardona va g‘azanfarona jon fido qilgan mukarram askarlar va sohibi tadbir dilovarlar soyasinda tobduk. Endi kerakki, bu muqaddas hurriyatni chin ma’nosina muvofiq amal qilub, loyiqi-la istifoda qilmoqg‘a ko‘shish qilsak. Hurriyat demak shariat va qonuni hukumatg‘a itoat qilub, ijtimo’i bashariyatda bir-birimizg‘a zarar va zahmat yetkuzmaslikdur. Har kim hur va ozoddur, faqat ozodlik qonunig‘a itoat birla, fisqu fujur, g‘asbu g‘orat va bir-birimizg‘a hurmatsizlik kabi muxosamat va mufosadatdan kulliyan voz kechmak birla to‘g‘ri so‘z, to‘g‘ri yurush va to‘g‘ri ish qilub, birimiz digarimizga mas’udiyat va rafohiyat istamakdur…
«Hurriyat» jurnali, 1917 yil 7 aprel, 1-son
This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago. |