Jump to content

Mashriqi miynodin urdi dam mayi subhi hudo...

From Wikisource
Mashriqi miynodin urdi dam mayi subhi hudo...
by Yusuf Saryomiy
332811Mashriqi miynodin urdi dam mayi subhi hudo...Yusuf Saryomiy

Mashriqi miynodin urdi dam mayi subhi hudo,
Davri xurshidi qadahdin yetti gardung‘a sado.

Fathi bob o‘ldi bu kun mayxonai fayyozi jud,
Al-farah, ey rindi jom, bodapaymo, as-salo.

Ul mayedurkim, anga gardun — sabo‘, xurshid — jom,
Aydagay har zarrani no‘sh etsa, shamsu uz-zuho.

Hasrati bu jomi maydin charx sargardon kezar,
Shomdin qonlig‘ etak ham subhdin yirtuq yaqo.

Gardishi bu jomdur hayyu huviyyat halqasi,
Mayparastdin davrig‘a yo‘q ibtidou intiho.

Shavq ahli jonida kayfiyyati bekayfu kam,
Zavq ahli komida lazzati bechunu charo.

Durdai ul may kelibdur sayqali mir’oti dil,
Bir qadahdin jon o‘lur oyinai getinamo.

Soqiyi bu jomi may Xizru Masihodin buyuk,
La’li — obi zindagoniy, tobi zulfi — ajdaho.

Bir tarashshuh yetsa andin tashna lablar komig‘a,
Aylamas hargiz havoi chashmai obi baqo.

Takyaye har kim topar bu maykada tufrog‘idin,
Masnadi Jam xoki rahdur anga, sultonlig‘ — gado.

Ey xush ul rinde, sabukashlikda xam bo‘lmish qadi
Chun hiloli iyd davri jomdin angushtnamo.

Durdakashlar jonida kayfiyati xamru alast,
Boshida bu shiddati ranju xumor o‘lmish balo.

Boda sunsa mug‘bacha, o‘psam ayog‘in jon bilan,
Aylasam bir g‘amzasig‘a yo‘qu borimni fido.

Istaram bu dayr aro bir jom vahdat xummidin
O‘zlukum bunyodini yiqsa yetib faqru fano.

Tashnalabman, to‘ldurub tut dam-badam labrez jom,
Ey shahi Misri malohat, soqiyi Yusufliqo.

Qatrai topeang bu maydin, rahni jom aydar eding
Xirqau dastoru tasbehu ridoyi, zohido.

Kecha erdim bexud ul mug‘ dayri tufrog‘ida mast,
Qaydi imkondin bariy, domi taalluqdin raho.

Tobi xurshidi mayi jomi azal labrez edi,
Zarradyok jbnuko‘ngul bu nagya’adin bedastu po.

Soqiyu, gulchehrayu jomu may o‘lg‘ay to abad,
Yusufiy xoki dary mayxonau dasti duo.

Soqiyo, tut dam-badam sog‘ar mango maydin to‘lo,
Rahm qil, boshimg‘adur hushyorlig‘ qattig‘ balo.

Bodadek hech bo‘lmag‘ay davron g‘amini daf’iga,
Bo‘lmasa bexudlug‘um, o‘ddurgusi ranju ano.

Sho‘xi badmastim sunub may, olsa mandin naqtsi xush,
Qolmag‘ay lavhi dilu jonimda naqshi mosuvo.

Dayr piri hidmatida bosh qo‘yarman yer o‘pub,
Kosh yetkay gardi rohidiy ko‘zumg‘a to‘tiyo.

Sarvqad gulchehra soqiy sunsa man sori ayog‘,
Go‘yiyokim yetti bo‘lg‘ay misga fayzi kimyo.

Yorni ag‘yorsiz dahr ichra hargiz topmadim,
Shahdni — bezahr, lutfni — beqahr, ganjni — beajdaho.

Ta’n toshidin yeiniq, boshdin-ayoqim zangi g‘am,
Istaram mayxonada may durdasidin mo‘miyo.

Dard ahli sho‘xlar bedOdidin g‘am chekmaso‘n,
Chunki piri maykada dargohidur dorushshifo.

Changdek man xo‘blar bazmi uchun ko‘b ingradim,
Chun xami zulfi kabi oxir, ko‘rung; qadtsim duto.

Rashqdin bog‘larda gullar kosa-kosa qon ichar,
Chiqsa gulgasht etgali, ul sho‘xi bargigul qabo.

Mavji xat ko‘rgach, labi la’lida dudi ohdin,
Yusufiy ko‘rdi butun tun bir necha ko‘igly qaro.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.