Mening mulohazam
Appearance
- “Hujum” – jiddiy va siyosiy bir mas’ala bo‘lg‘ani holda u juda yengillashdirilib, tomoshabinlar ko‘ziga oddiy bir o‘yinchoq kabi qilib tushuntiriladi, firqaning, firqa faollarining sho‘ro jamoatchilik ishtiroki yo‘q kabi ko‘rinadi. Go‘yo “Hujum” – bir to‘da komsomol, yosh pioner, yo‘q-bor narsaga “chapak solib qichqiraturg‘an” bolalar, ijtimoiy qurilishimizda ortiqcha ro‘li bo‘lmag‘an bir-ikki ko‘cha kishisining ishi bo‘lib ko‘rinadi.
- Uch pardada takror ko‘rilaturg‘an “oilaviy to‘garak” manzarasi juda bo‘sh, suyuq chiqqankim, buni ko‘rgan kishi “oilaviy to‘garak”larning mashg‘uloti – quruq o‘yin-kulgi, artistlarning masxarabozlig‘i, sathi bir qiylanishlardan iborat ekan, degan fikrga keladi. Xotin-qizlarning ochilishidan kutilgan asosiy maqsadi ochiq ko‘rsatilmay bo‘yalib ketadi.
- Qarshiboyevga hujum borg‘anda, Qarshiboyevning teskariligini ko‘rsatganda, orada bir ko‘rinish orttirib proizvodstvoda ishlab turg‘an xotin-qizlarning iqtisodiy ozodlig‘ini ko‘rsatish zararli bo‘lmas edi.
- Modomiki, Qarshiboyev xalqqa qarab o‘zining kirli yuragini ochar ekan, ishtirok qiluvchilardan boshqa birovi ham parda orasida qarshiboyevlarni ochib berishi, so‘zlab tushindirishi kerak edi. Har narsani tomoshabinning o‘z mulohazasiga topshirib, qarshi tomonni so‘zlatib qo‘yish – tomoshabinlarg‘a mubham bir narsani qutqazish bilan barobar bo‘ladi.
Shokir Sulaymon
“Qizil O‘zbekiston” gazetasi 1929-yil 27-dekabr.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|