O’n yil
Appearance
Keling, keling, ildam bosing, yuring o’rtoqlar,
Titrab tursin oyog’imiz ostida tog’lar!
Bu kun bayram – ko’chalarga odam sig’maydi,
Millionlarning qo’llarida qizil bayroqlar!..
O’n yil bo’ldi, zanjirlarni uzib tashladik,
Ozod elda yorqin turmush tuza boshladik.
Egalarni, xo’jalarni yerlarga urib,
Qullar dunyosini butun «аrqadash»ladik!
O’n yil bo’ldi «Oktyabr!» deb na’ra chekildi!
Tor burchaklar, zax uylardan «labbay» deyildi,
Ma’danlarni yanchib kelgan millionlab qo’llar
Birdan to’plar, pulemyotlar sari yog’ildi.
Bu kun bayram! Ozod o’lka o’ynab kuladi,
Bu kun bayram! Qizil bayroq so’ylab turadi,
Bu kun bayram! Butun dunyo mehnatkashlari
Umid bilan yuzlarini bizga buradi!
1927 yil.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|