Oldanmayliq
So‘ng vaqtlarda shaharimizda qo‘llarig‘a Mahkamai shar’iyalardan qog‘oz olg‘an yangi shakldagi gadoylar aylana boshladilar. Ular o‘zlarini Turkiya qo‘shuni xizmatidagi kurd askarlari deb tanitadirlar. Ular go‘yo, jahon urushida asir tushgan emishlar-da, endi elga qaytmoq uchun bu yerga kelganlar emish. Hozir, yo‘l xarajati uchun musulmonlardan iona so‘rab yuradirlar.
Men ulardan ikki guruhga to‘g‘ri keldim. Bir guruhning qo‘lig‘a Andijon Mahkamai shar’iyasidan ikkinchi guruhning qo‘lig‘a Konibodom Mahkamai shar’iyasidan yordamg‘a da’vat qilib qog‘oz berilgan.
Bu kishilar – menga nima uchundir shubhalik ko‘rindilar. Haqiqatan tegishlik bir ishga yordam qilamiz deb gadoylik kabi yomon odatni boshqa bir shaklga solmayliq.
A.S.
“Turkiston” gazetasi,
1923-yil, 11-may.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|