Sho‘ro saylovlari
Gazetalarga ko‘z solub boraman: maorif haftasi to‘g‘risida juda oz yoziladur. “Farg‘ona”da o‘rtoq Nizomboy o‘g‘lining bir narsasi bosilub chiqdi. Shundan boshqa maorif haftasining jig‘i-biyronini titadurg‘an bir narsa ko‘rulmadi. Bir-ikkita yarim yumshoq narsalar o‘tdi, bas…
Bizning Andijonda ham maorif juda sharpasizo‘tub boradur. Maorif tegrasida yurgan bir necha kishidan boshqalar u xususni daryoning narigi yoqasiga o‘tkazib qo‘yg‘anlar shekillik!
Maorif haftasini o‘tkazish uchun bu yerda ham bir komissiya tuzilgan. Komissiya raisi: maorif noziri o‘rtoq Kasatkin bo‘lub, a’zolari: Kupriyanuf (firqaning mas’ul sarkotibi), Gʻoziyuf (inqilob qo‘mita raisi) o‘rtoqlardur.
Komisiya sentyabr oxirlarida tuzulgan bo‘lsa ham birinchi o‘ktabrdangina ishga boshlag‘an. Komisiyaning tashabbusi bilan uyezning mahkumi (rayuni)da mahkum komisiyalari uyushtirilgan. Bu komisiyalar bo‘luslardan vakillar qiradur. Komisiya tomonidan mahalalarga qog‘oz yuborilub, har yerda hafta foydasiga sayil qilishqa ruxsat berilgan bo‘lsa ham, sayil faqat Jalabek degan qishloqdagina bo‘lg‘an. Rayunlarda. Eski shaharda, shahar atrofidagi 3 bo‘lusda firqasizlar konferensiyasi bo‘lub, hafta to‘g‘risida ma’ruzalar qiling‘an.
Haftaning butun hisobini hali olg‘ani yo‘q. Hozirgacha tutgan tushum shahardan yig‘ilg‘an 200,000 so‘m (23-yil puli bilan) dan iborat.Qishloqlardan hali daragi yo‘q. Eski shahar to‘qug‘uchilar soyuzi bilan ko‘nchilar soyuzining a’zolari bir kunlik xizmat haqlarini hafta foydasiga bermakchi bo‘lg‘anlar. Mundan boshqa ham mayda-chuyda kirimlar bor. Shu kirimlardan bir qismi darsliklar olish uchun Toshkandga yuborilg‘an.
Haftadan tushgan tushum bilan ba’zi maktablarning shikast-rextini tuzatub, darsliklar va bolalar uchun oyoq kiyimi eplab olish umidi bor.
Hafta to‘g‘risida qolg‘an ma’lumotni shundan so‘nggi maktubimda bildirgayman.
Hozirgi, shahrimizda (eski shaharda) ikkim ot o‘yun (sirk) va bir kartina davom qiladur. Odam degan narsa har ikoviga ham (mirklarga) har kun liq to‘lub turadur. Bu to‘g‘rida ham gap ko‘b. Lekin, hozirga shunchasi bas.
Q
«Farg‘ona» gazetasi 1923-yil 29-oktyabr.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|